Vaqtni qanday qilib sekinlashtirish mumkin?

Muallif: Sanjarbek Sobirjonov       120       2020-02-21/19:33:04


Bilamizki, hozirgi kunda vaqt juda ham dolzarb masalaga aylanib bormoqda. Ishi juda ko'p insonlarning fikriga quloq tutadigan bo'lsak, ular vaqt juda tez o'tayotganligini da'vo qilishsa, aksincha bekorchilar esa vaqt juda sekin o'tayotganligini ta'kidlashadi. Bu yerda kim haq-u, kim nohaq? Keling shu masalaga oydingik kiritamiz.

Ishi ko'p insonlar toifasiga kiradigan insonlar: biznesmen, davlat organidagi xodim, o'qituvchi, dasturchi va h.z. Bu kishilarning vaqti o'zining xohishiga qaramasdan sarflanadi va o'z-o'zidan vaqtini to'g'ri taqsimlashning iloji bo'lmay qoladi. Ularning ishlari time-management(vaqtni to'g'ri taqsimlash) uchun to'g'ri kelmaydi. Ish yuzasidan kutilmagan muammolar, tadbirlar yoki majlislar chiqib qolishi mumkin. Hayollarida «uni nima qilsam ekan, buni nima qilsam ekan» kabi minglab o'y-fikrlar o'tadi va o'zi xohlagan ishni bajarish uchun mana shu hayolidagi fikrlar to'sqinlik qiladi. Qanday? Masalan, biror bir vazifani qilmoqchi(shaxsiy), uni qilaman deganda, hayolidagi minglab o'ylar miyyaga «hali ishlar ko'p, buni qilishga ko'p vaqt ketadi» kabi signal yuboradi, natijada bu ishga ketishi mumkin bo'lgan vaqtni bekorchilik bilan ham o'tkazib yuborishi mumkin. Shunchaki shaxsiy tavsiyam, xohlagan ishingizni shunchaki boshlang va natijani ko'rib lol qoling. Shuning uchun ularda bu kabi muammolarga tez-tez duch kelib turishadi.

Bekorchi insonlarning vaqti juda ko'p va ularning aynan bajaradigan vazifasi yo'q. Ular kunni bekorchilik bilan o'tkazadi va har bir vaqtini soniyasigacha sanab o'tirishgacha ham borishadi. Bu esa vaqt ular uchun sekin o'tgandek tuyuladi.

Qanday qilib muammoni bartaraf etish mumkin?

Oddiy yechim va kuchli sabr-qanoat. Siz 1hafta mobaynida, har kuni qiladigan ishlaringizni qog'ozga tushuring. Sizning hayolingizdagi minglab ishlar, qog'ozda bor yo'g'u 15-20tagacha boradi. Bu rejalarni bajarish uchun esa har biri uchun maksimal ketadigan vaqt chegara qo'ying va unga qat'iy amal qiling. Endichi, vaqt yana tez o'tayaptimi?