TUTORIALS.UZ - Sirdaryo 16-maktabda!
Muallif: Sanjarbek Sobirjonov 252 2020-02-21/19:27:32
Bugun o'ziyam naqd 7ta sinfga kiribman. 7sinfdan 5 kishi... Ha, hamma narsada ham boshida tez o'sish bo'lmaydi. Suhbatimiz juda maroqli o'tti:) Darslar dushanba va juma kunlari o'tiladigan bo'ldi.
Bugun bizga 5 soat dars o'tildi, 3-soat katta tanaffusda sinflarga Dilmurad aka bilan kirib chiqdik, ya'ni Dilmurad aka davomat bahonasida men e'lon berib oldim. E'lonni oxirgi sinfga berayotganimda, Erkin aka tarix fanidan qattiqqo'l o'qituvchim(meni tanimaydi) dars o'tayotgan ekan. U men e'lon berib bo'lganimdan so'ng, bolalar jim ei, hamma menga qaragan lekin bitta savol ham chiqmagan holatda, bolalar nomidan bir-ikkita savol berdi.
-Rejang bormi?
-Dasturlash tili o'zi nima?
-Biror nimaga erishadimi? Yoki quruq befoyda narsami?
Hammasiga lo'nda va aniq javob berdim. O'qituvchi esa «Mana shunday o'quvchilar maktabimizda ko'payaversin» dedi. Bolalar qarsak chalishdi... E'lon 7-8-9-10-sinflarga berildi. Birinchi dars esa
-IT o'zi nima?
-Dastur va dasturlash, ular nimalar?
-Dasturchilarning darajalari
-Dasturchilarning maoshi
-AI
-Frontend va Backend
-Nimalar muhim?
shular haqida gaplashdik.
----------------
Keyin darsim tugagandan keyin, Mo'tabar opa «zavuch» imizdan kalitni olaman desam, kalitni bermayman deb turvolibdi. Iye dedim, opa men direktordan ruxsat olganman, o'z og'zi bilan menga ruxsat bergan. Kompyuter, umuman xonadagi har bir narsaga men kafilman. Mas'uliyatni bo'ynimga olganman dedim.Informatika Xonani kalitini olish uchun naqd 20 daqiqa vaqt ketdi. Meni qo'rqgan holatim, bolalarni chaqirib qo'yib, xona berilmasa deb o'yladim.
Keyinchi?
Muzrob aka - informatika o'qituvchim... Direktorni oldida men bilan turdilar. U kishiga rahmat lekin meni xafa qilgan tarafi, zavuch xonasida xonani so'rayman deganimda, e qo'y nima qilasan bosh og'riq dedi. O'qituvchilarda intilishi qolmabdida deb qo'ydim... O'zim harakat qildim, xonani ham eson-omon band qilib oldim
So'nggi maqolalar
5G texnologiyasi endi O'zbekistonda! Ucell va UZMOBILE test qilmoqda
477
7 xil logo turlari(va ularni qanday ishlatilishi)
868
999$ ga tushgan xato
457
Bepul server
670
Dasturlashni bepul o'rganish uchun TOP-21 vebsaytlar
5791
Deep Web: Darknet ga qanday kirish mumkin?
792
Google butun dunyoni bepul Wi-Fi bilan ta'minlash loyihasini to‘xtatishga qaror qildi
274
Inson o`zi kim yoxud muvofaqiyatga erishishning siri
399
IT sohasiga doir qaynoq vebsaytlar
387
Junior, Middle va Senior dasturchilar o`rtasidagi farq
574