Odamlar ahmoq ekan
Muallif: Sanjarbek Sobirjonov 263 2020-02-21/19:29:23
Uchkunlik kun men uchun katta dars bo'ldi. Bu vaqt ichida odamlar qanchalik ahmoq va qo'pol qilib aytganda ochofat ekanligini tushunib yetdim. Bu gap ko'proq Ispan, Rus, Ingliz, Nemis , Brazil xalqlariga tegishli. Kripto investor sifatida ular bir birjaga pul kiritishgan u birja ularga bu pulni kuniga 300% gacha ko'paytirish imkonini bergan, birja juda ayyorona firibgarlikni amalga oshirdi. Odamlar ularga shunday ishonib qoldiki, hatto ularga bu firibgarlar desang urib ketadigan darajada ham edilar.
1-oy da birja 2 marta «hakkerlik» hujuiga duch keldi. Birinchi marta hakkerlik hujumida odamlar juda panikaga(vahima) tushishdi, firibgarlar deb o'ylashdi. Birja 12 soat ishlamadi. Odamlar endi ularni toza firibgar deb o'ylashayotgan bir paytda, sayt butunlay tiklandi va yana ishlay boshladi. Bu esa odamlarda u saytga nisbata ishonchni keskin ortishiga olib keldi. 2-martada odamlar vahimaga tushishmadi, bemalol. Keyin ko'p-ko'p texnik ishlar bo'laydigan bo'lib qoldi. 3 martacha texnik ish bo'ldi, 3-chisida texnik ish cho'zildi va sayt gum bo'ldi. Eng qizig'i, ular Vkontakte sahifasi 1-hakkerlik hujumiga uchrashganida shunday deyishandi: "Bizda juda kuchli hakkerlik hujumi bo'lmoqda, sekundi 300ming ta so'rov. Agar bizga ishonmasangiz, bemalol platformamizdan pulingizni chiqarib chiqib ketavering.". Lekin bu gapdan keyin odamlar yana ham ishonishni boshlashdi.
Saytning Twitter, Youtube, Vkontakte sahifalari o'chirilgan(sayt toomonidan). Odamlar jami u saytga $2.5 mln tikishgan edi. Bir xil odamlar hatto o'zimni osaman deyishgacha ham borishdi.
Qizig'i shundaki, ular pullaridan kuyishdi ammo yana shunday firibgar saytga o'xshagan sayt chiqdi. Hozirda odamlar bu saytga pul tikishmoqda. O'sha kuygan odamlar... Eh odamlar...
HECH QANDAY HAKKER HUJUMI, TEX ISHLAR VA BOSHQALAR BO'LMAGAN. FIRIBGARLARNING JUDA PUXTA O'YLANGAN REJALARI MANA SHUNAQA EDI
So'nggi maqolalar
5G texnologiyasi endi O'zbekistonda! Ucell va UZMOBILE test qilmoqda
476
7 xil logo turlari(va ularni qanday ishlatilishi)
867
999$ ga tushgan xato
456
Bepul server
670
Dasturlashni bepul o'rganish uchun TOP-21 vebsaytlar
5788
Deep Web: Darknet ga qanday kirish mumkin?
791
Google butun dunyoni bepul Wi-Fi bilan ta'minlash loyihasini to‘xtatishga qaror qildi
274
Inson o`zi kim yoxud muvofaqiyatga erishishning siri
398
IT sohasiga doir qaynoq vebsaytlar
386
Junior, Middle va Senior dasturchilar o`rtasidagi farq
573